“Doim vaqtida davolatganmiz. Şu sababdan ham ahvoli yaxşi edi. 2018 yilda qizimning kasalligiga virusli gepatitning D turi ham qöşilibdi. Bu qanday böldi, bilmay qoldik", deya gap boşladi Gulçehra opa.
“Öşandan beri sirrozga davolanib keladi. Kuyovim, hammamiz qölimizdan kelgança davolatyapmiz. 2021 yilda ahvoli oğirlaşib neça kunlab jonlantiriş bölimida yotdi. Ikki marotaba operatsiya qildirdik.
Qizim beçora 15 kun uyida bölsa, 15 kun şifoxonada. Mana endi qandli diabet ham qöşildi. Şifokorlar sönggi çora sifatida Hindistonda jigar almaştiriş operatsiyasi qildirişni aytişyapti.
Öğli “Onam uçun jigarimni beraman”, deb hamma tekşiruvlardan ötdi. Analiz natijalarini Hindistonga jönatdik. Ular ham tasdiqladi. Faqat bunday katta operatsiyaga özimizning qurbimiz yetmayapti.
Özim nafaqadaman, turmuş örtoğim olamdan ötgan. Otasi hayot bölganlarida ham bunçalik qiynalmasdik”, deya ökindi onaizor.
Qizining dardiga şerik bölayotgan ona tunlar ölib qolmadimi degan qörquv bilan nafasiga quloq tutib mijja qoqmaydi. Özi azoblanib yotgan qizi ham özidan ortiq farzandlari haqida qayğuradi.
“Qandli diabetga davolaniş uçun yotdim. Bir kunning özida qornim şunaqangi suv yiğdiki, u çiqqunça azobini tortiş qiyin. Nafas olişingiz qiyin, birovning yordamiga muhtoj bölib qolasiz. Sizni kimdir ötirğizib, yonboşingizga ögirib qöyişi kerak.
Bitta qizim bor. Şu qizim uçun yaşaşim kerak. “Nima bölsa ham men uçun çidaşingiz kerak, men uçun yaşaşingiz kerak” deydi. Jonlantiriş bölimida yotgandim. Qizim özi köngli böş, sal narsaga yiğlaydi. Lekin öşanda oldimga şunaqangi kuç bilan kirdi, men özim hayron qoldim.
Siz yaxşi bölib ketasiz, dedi. Men öşanda qizim ança ulğayganini his qildim”, deydi Gulmira umid bilan.
Gulmira Abdullayevaga oid ma’lumotlar:
Özkard: 8600 1402 0959 0216
Humo: 9860 1701 0270 0888
Manzil: Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, Şofayz 45

















