Ziyomuhammad endigina beş yoşga kirdi. Uç yoşligida qattiq oğrigan bolakayni zudlik bilan operatsiya stoliga yotqizişga töğri keldi. Unga içakning oğir kasalligi — “Payra sindiromi” taşxisi qöyildi.

Payra sindromi – içaklarning öz holatida joylaşmasdan, betartib holda boşqa içki a’zolarni bosib qolişi bölib, 8 soatlik operatsiya orqali içaklarni öz holiga keltiriş va 10 kunlik jonlantiriş bölimida davolaniş orqali tuzatiş mumkin. Bolakay bunday oğir operatsiyaning uçtasini boşidan ötkazdi.

“Birinçi marta operatsiya qilişganidan söng bolam 23 kun komada yotdi. Oğriqdan azoblanayotgan paytida Allohdan “qaytarib olaqol” deb iltijo qilgan paytlarim ham böldi. 15 kun jonlantiriş bölimida davolab javob berişdi. Lekin içaklari oçilib ketib, qattiq mazasi qoçdi. Darhol ikkinçi operatsiyaga olişdi.

Lekin operatsiyalar natija bermadi. Kasallik huruj qilganda bolam kökarib, bukçayib qoladi. Içaklari yopişib qoladi, qayt qiladi, özi mustaqil hojatga çiqolmaydi. Şu yil yozda uçinçi operatsiyani ham qildirdik. Lekin u ham natija bermadi.

Öğlim katta bölgan sari aya, men ham tuzalamanmi, deb söraydigan bölyapti. Çandiqlariga qarab yiğlaydi, bir joydan operatsiya qilinaverganidan katta çandiq bölib qolgan”, deydi Zulayho opa közlariga yoş olib.

Hokimiyatning yolğiz onalarga bir martalik yordami bilan bolasini Hindistonga olib borgan onaizor u yerdan ham şifo topolmadi. Bolaning barça taşxislari yomon çiqqanidan söng davolatib, analiz natijalari yaxşi çiqqanidan söng olib kelişini aytişdi.

“Dunyoda bolasi qiynalganini körişdan yomonroq narsa yöq ekan, komada yotganida xudoga qiynama, olib qöyaqol, degan paytlarim ham bölgan. Şu darajada qiynalganki, uning azoblanişiga doş berolmaganman.

Heç kim bunday oğir operatsiyani kötarolmaydi. Bolam uç marta şunday operatsiyani boşidan ötkazdi. Bolam şunçalik hammasini kötardi. Hindistonga borganimizda ham doktorga şu yergaça keldik-ku, men tuzalamanmi, deb rosa xafa bölib yiğladi.

Barça taşxislari yomon çiqqani uçun operatsiya qiliş mumkin emas ekan, dori-darmonlar berib, davolanib borişimizni aytişdi. Lekin ikkinçi marta boriş uçun mablağim yöq. Bolamning umri şifoxonalarda ötib ketyapti”, deydi ona köz yoşlarini tiyolmay. 

Ziyomuhammad Xayrullayevga oid ma’lumotlar: