09:11 / 05.04.2019
7115
Germaniya shimolidagi supermarketlarda yarim tonna kokain topildi 
Foto: AP

Nemis politsiyasi Germaniya shimolidagi Meklenburg-Old Pomeraniya yeridagi supermarketlarda yarim tonna kokain aniqladi. Bu haqda “Frankfurter algemayne tsaytung” nashri ma'lum qildi. 

“Topilgan kokain Meklenburg-Old Pomeraniya hududida qachondir topilgan eng katta miqdordagi kokain partiyasi ekanligiga ishonchim komil”, deb aytgan mahalliy politsiya matbuot kotibi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kokain moddasi 6 ta do‘konda va oziq-ovqat omborlaridan birida aniqlangan. Giyohvand modda Lotin Amerikasidan yetkazilgan banan qutilari ichiga yashirilgan bo‘lgan. Topilgan kokainning qiymati bir necha million yevroni tashkil qiladi. 

DPA nemis agentligining ta'kidlashicha, Germaniyadagi qora bozorda bir gramm kokain narxi o‘rtacha 50 yevroga yaqinni tashkil qiladi, biroq uning narxi sofligi va qaysi shaharda sotilayotganiga qarab farqlanadi.

Avvalroq ham ushbu federal yerda mevalar qutilarida kokain topilgan, biroq 4 aprelda topilgan kokain partiyasi ushbu yer uchun rekord miqdordagisi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top