07:44 / 06.04.2019
12264
Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyutida g‘alaba qozondi
Foto: MOQ

Rio olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov 5 aprel kuni professional boksda debyut jangini o‘tkazdi. Buyuk Britaniyaning “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz dastlabki jangini indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi olib bordi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 6 raundga mo‘ljallangan jangning 1 raundi ham tugashga ulgurmadi. Referi yarim daqiqa ichida nokdaun holatini e'lon qildi. 1-raundning 19-soniyasi o‘tib borayotgan payt Zoirov yo‘llagan kuchli zarbani indoneziyalik bokschi o‘tkazib yubordi va yerga qulaganicha, 10 soniya ichida qaytib o‘rnidan ko‘tarilmadi.

 

Shu tariqa hamyurtimiz professional boksdagi ilk jangida dastlabki daqiqadayoq nokaut evaziga g‘alaba qozonmoqda. O‘xshash jihati Shahram G‘iyosov ham o‘zining birinchi jangida xuddi shunday g‘alabani tantana qilgan edi.

Ma'lumot uchun: Zoirovdan tashqari Rio olimpiadasining yana bir ishtirokchisi Xurshid Tojiboyev (-60 kg) ham “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan muzokara olib bormoqda. Hozircha shartnoma imzolanishi borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Top