Boks böyiça Rio olimpiadasi çempioni (-52 kg) Şahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda Go Sport xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga köra, Zoirov Ispaniyaning maşhur promouterlik kompaniyalaridan biri bölgan MTK Global bilan kelişuvga erişgan. Hozirça şartnoma şartlari ma'lum emas.

Zoirovdan taşqari Rio olimpiadasining yana bir iştirokçisi Xurşid Tojiboyev (-60 kg) ham mazkur promouterlik kompaniyasi bilan muzokara olib bormoqda. Hozirça şartnoma imzolanişi borasida aniq ma'lumotlar yöq.

Şahobiddin Zoirovning professional boksdagi faoliyatini boşlaşi uçun Ispaniyada işlaş huquqini beruvçi vizaga ega bölişi lozim böladi. Yevropa ittifoqi tarkibiga kiruvçi davlatga işçi vizasini oliş esa ma'lum vaqt talab qiladi. Zoirov mazkur vizaga ega bölgaç, Ispaniyaga jönab ketişi kutilmoqda.