20:18 / 09.04.2019
21696
Afrikaning eng boy kishisi boyligiga ishonch hosil qilish uchun bankdan 10 mln dollarni yechib oldi
Foto: Sunday Alamba / AP

Nigeriyalik milliarder Aliko Dangote o‘ziga o‘zi boyligini isbotlash uchun bankdagi hisob raqamidan yirik miqdorda naqd pul yechib olganini aytdi. Bu haqda The Independent yozmoqda.

Dangotening so‘zlariga ko‘ra, boyligi 12-13 milliard dollardan oshganida u buni shunchaki qog‘ozda yozilgan raqamlar deb o‘ylab qolgan. Milliarder bankka borgan va hisob raqamidan pul yechib olgan.

«Men 10 million dollar naqd pulni mashinamga yuklab uyga keldim, uyda bu pullarni tomosha qildim va "Yaxshi, endi pulim borligiga ishondim", dedim», — deydi Dangote.

U barcha pullarni ertasiga bankka topshirgan.

Dangote Afrikaning eng boy kishisi hisoblanadi. Uning boyligi 10,6 milliard dollar deb baholanadi. 

Mavzuga oid
Top