19:01 / 09.04.2019
14378

Tinch okeani ustida Yaponiyaning 5-avloddagi bombardimonchi samolyoti yo‘qolib qoldi

Foto: U.S. Air Force Photo/Alex R. Loyd

Yaponiya mudofaa kuchlarining 5-avloddagi F-35A bombardimonchi samolyoti mashg‘ulot parvozi vaqtida Tinch okeani ustida yo‘qolib qoldi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Samolyot bilan aloqa shimoliy prefektura Aomori sohillaridan 135 km uzoqlikda bo‘lgan vaqtda yo‘qolgan. Samolyot bortida bir uchuvchi bo‘lgan.

Samolyot qulagan bo‘lishi mumkinligi ehtimol qilingan joyga bir nechta harbiy kema va katerlar jo‘natilgan.

Top