09:24 / 12.04.2019
5319
NASA astronavt uchun eng asosiy jihat nima ekanini ma'lum qildi
Foto: NASA

Jonson nomidagi Kosmik markaz vakili Brendi Di NASA’da astronavtlar qanday qilib tanlab olinishi haqida ma'lumot berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, astronavt uchun eng asosiy jihat jamoada ishlay bilish qobiliyati hisoblanadi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, astronavtlarni tayyorlash ularning missiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi.

Di ta'kidlashicha, NASA o‘z tijorat sheriklariga ularning kemalarida uchadigan astronavtlarni o‘qitishga ruxsat beradi.

Bundan oldin, NASA e'lon bergani, ko‘ngillilar 60 kun karavotda yotgani uchun 19 ming dollar olishi xabar qilingandi.

Top