16:27 / 16.04.2019
10794

O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni qisqartirdi

Foto: EPA

2019 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 21 foizga kamaytirdi - 244,8 ming tonnagacha. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

2019 yil yanvar-mart oylarida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 267,4 ming tonnani tashkil qildi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko‘pdir.

Shu bilan birga, 2019 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston neft qazib olishni 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 6,4 foizga qisqartirdi - 174,7 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-mart oylarida tabiiy gaz qazib olish 15,31 mlrd kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga ko‘p.

2019 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 523,7 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilga nisbatan 2 foizga kam.

Mavzuga oid
Top