8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

10:44 / 21.04.2019 24231

Toshkentda qidirilayotgan 93 yoshli ayol topildi

Yaqinda bosh boshqarmaga Facebook’ning Sevara Gulyamova (Sevara Gulyamova) ismli foydalanuvchisi murojaat qilib, Shayxontohur tumanida yashovchi 93 yoshli Klara Saidovnaga yo‘qotilgan pasporti o‘rniga yangi pasport olishda yordam berishni iltimos qilgan.

Shayxontohur tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari keksa ayolga yangi pasportni topshirish uchun uning propiskasida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba kelishgan, biroq u yerda ayol bo‘lmagan. Shundan keyin bosh boshqarma ayolni topishda yordam berishni so‘rab fuqarolarga murojaat qilgan.

“Ushbu e'lon hech kimni befarq qoldirmadi, u bilan Facebook va Telegram kanallarida faol bo‘lishishgan. Noma'lum bo‘lib qolishni istagan bir yaxshi qiz e'longa ko‘zi tushib, bizga ko‘rsatilgan telefon raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroq qildi va Klara Saidovna ayni vaqtda uyida ekanligini ma'lum qildi”, deyilgan xabarda.

Shundan keyin Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yana kelishgan.

“Uyi ostonasida xodimlarimizni ko‘rishni kutmagan Klara Saidovna quvonchdan yig‘lab yubordi va chetda qolmagan hamda unga yordam bergan barchaga minnatdorlik bildirdi”, deb ma'lum qilindi Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatida.

Top