“Davlat boji töğrisida”gi qonunning 13-moddasiga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha prezident qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça “yöl xaritasi” ijrosini ta’minlaş maqsadida Içki işlar vazirligi tomonidan işlab çiqilgan.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- özgalar parvarişiga muhtoj keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga ijtimoiy xizmatlarni körsatiş tizimini takomillaştiriş, ularni qöllab-quvvatlaş, jamiyatga integratsiya qiliş va mustaqil hayot keçirişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş, ijtimoiy xizmatlar körsatiş jarayonini raqamlaştiriş, körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oşiriş;
- özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksa va nogironligi bölgan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar körsatişda yengilliklar yaratiş, jumladan, ularning yöqotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalari)ni ular reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida almaştirib berişda davlat bojidan ozod qiliş.












