Rossiya chet elda pasport almashtirishni taqiqlash rejalashtirilayotganini rad etdi
Avvalroq «Novaya gazeta» Rossiya TIV xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan xorijiy pasport va boshqa hujjatlarni qayta rasmiylashtirishni taqiqlashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning xorijdagi konsullik idoralari tomonidan pasportlar berish, notariuslar va boshqa qator xizmatlar ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi idoraviy buyruq loyihasi mavjudligini rad etdi. Bunday hujjatning tayyorlanishi haqida uning nusxasiga tayanib, avvalroq «Novaya gazeta» xabar bergan edi.
«Novaya gazeta»ning 25 aprel, payshanba kuni chop etilgan axborotidan ma’lum bo‘lishicha, taqiq joriy yilning o‘zidayoq joriy etilishi mumkin. Bunday holda, chet elda yashovchi ruslar hujjatlarni olish yoki almashtirish uchun mamlakatga qaytishi kerak. Cheklovlar pasport almashtirish va notarial xizmatlardan tashqari, hujjatlarni legallashtirish hamda fuqarolik masalalarini hal qilishga ham ta’sir qiladi, deb yozadi nashr. «Novaya gazeta» hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi boshqa manbalarni taqdim etmadi.
Rossiya idorasi bu ma’lumotni «haqiqiy yolg‘on» deb atadi, deya xabar berdi TASS.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 10 mln rossiyalik xorijda yashaydi
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil holatiga ko‘ra, 10 millionga yaqin ruslar mamlakat tashqarisida yashagan - u dunyodagi eng katta diasporalardan biri. Urush va safarbarlik fonida, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, yana yuz minglab odamlar Rossiyani tark etgan.
O‘tgan sentabr oyida Aleksandr Lukashenko Belarusning xorijdagi diplomatik muassasalarida mamlakat fuqarolariga Belarus pasportlarini berish, yangilash va almashtirishni taqiqlagan edi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Barsa» Lissabondagi «otishma»da superkambek amalga oshirdi, «Atletiko»da ham irodali g‘alaba, «Liverpul»da 100 foizlik natija
Sport | 03:23
-
Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi - infografika
Jahon | 01:29
-
Slovakiya muxolifati Robert Fitsoga ishonchsizlik votumi beriladigan yig‘ilishdan chiqib ketdi
Jahon | 00:40
-
Qirg‘izistonda ekstremistik materiallarni targ‘ib qilgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid
22:08 / 21.01.2025
Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi
21:16 / 21.01.2025
Xavfsizlik kafolati bo‘lmasa, Putin 10 barobar kuchli armiya bilan qaytadi - Zelenskiy
17:53 / 21.01.2025
Hakerlar «Rostelekom»ni buzib kirdi. Kompaniya foydalanuvchilarga parollarni o‘zgartirishni tavsiya qildi
13:25 / 21.01.2025