8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

09:58 / 02.05.2019 6768

Bekobodda universitetlar filialini tashkil qilish taklif etildi

Foto: tashvil.uz

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Bekobod shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti yoki Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filialini tashkil qilish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Bildirilishicha, Bekobod shahri - Toshkent viloyatining eng chekka hududlaridan biri bo‘lib, viloyat bo‘yicha yuqori iqtisodiy salohiyatga ega. Bekobod shahrida Markaziy Osiyodagi yagona qora metallurgiya zavodi va kombinatlar mavjud. Shahar yaqinida Farhod GES joylashgan. Hozirda “O‘zbekiston metallurgiya kombinati”da ferroqotishmalar ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda ushbu zavod Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya va MDHning ko‘plab davlatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 

“Bu esa o‘z-o‘zidan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, bugungi kunda shaharda 93 mingdan ortiq, Bekobod tumanida esa 162 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu raqamlar Bekobod tumani bilan hisoblaganda yanada ortadi. Hozirda Bekobod tumani va shahridagi maktablarni pedagog kadrlar bilan ta'minlash har qachongidan ham dolzarb”, - deb yozadi murojaat muallifi.

“Shu munosabat bilan, Bekobod shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti yoki Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filialini tashkil qilishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

Top