8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:10 / 02.05.2019 19062

Ikki pasport bilan ikki joydan pensiya olib kelgan fuqaro aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shaharda yashovchi fuqaro T.Ye. ilk bor 1994 yil 18 martda nogironlik pensiyasi tayinlashni so‘rab ariza yozgan. Arizasi va TMEK tomonidan berilgan nogironlik ma'lumotnomasiga asosan Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta'minot bo‘limi tomonidan 2-guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan va 2018 yil 30 noyabriga qadar to‘lovlar amalga oshirib kelingan, deya xabar beradi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi pfru.uz sayti.

Keyinchalik holatlarni o‘rganish jarayonida ushbu fuqaro ikkita fuqarolik pasporti bilan ikki joydan pensiya olib kelgani aniqlangan.

U Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta'minot bo‘limi tomonidan nogironlik pensiyasi tayinlangan bo‘lsa-da, 2004 yil 27 mayda Nukus tumani hududiga doimiy yashash uchun ro‘yxatga olingan yangi pasporti (ikkinchi pasport) va 2004 yil 23 iyunda TMEK tomonidan berilgan nogironlik ma'lumotnomasi hamda boshqa hududdan pensiya olishi to‘g‘risida ma'lum qilmasdan, Nukus tuman sobiq Ijtimoiy ta'minot bo‘limiga yozgan arizasiga asosan boshqa pensiya tayinlanib, 2009 yil 30 sentyabrga qadar noto‘g‘ri to‘lovlar amalga oshirilgan.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, davlat pensiyalarining bir necha xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Biroq, Fuqaro noqonuniy ravishda (ikkita pasportiga asosan) pensiya tayinlanishi oqibatida noto‘g‘ri pensiya to‘lovi amalga oshirilgan.

Natijada fuqaro T.Ye.ga ikkita pasport bilan ikki hudud orqali pensiya to‘lanishi oqibatida jami 14,3 mln. so‘m ortiqcha to‘lovlar sarflangani ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun materiallar huquqni muhofaza qilish idorasiga o‘tkazilgan.

Top