16:30 / 07.05.2019
15813
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Prezidentning Farg‘onaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni Toshkentga qaytib keldi.

6 may kuni vodiyga safar qilgan prezident viloyat hududidagi loyihalar bilan tanishdi.

7 may kuni esa Farg‘ona viloyati faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi va unda aholini ish bilan ta'minlash, daromadlarini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Top