Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi boşlandi. Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada prezident nutq sözlamoqda.

Prezident bugungi anjuman global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlaniş yölida xavf va tahdidlar kuçayib borayotgan davrga töğri kelayotganini qayd etdi.

Dunyo tartibotida çuqur transformatsiya jarayonlari keçmoqda. Tovar va xizmatlarni yetkazib beriş zanjirlaridagi uzilişlar, xalqaro savdoning pasayişi, investitsiya oqimlarining kamayişi, iqlim ofatlarining kuçayişi – vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol körsatmoqda.

Jahon iqtisodiyotining ösiş sur’atlari sönggi uç yil davomida pasaymoqda. Töğridan töğri xorijiy investitsiyalar bilan boğliq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti. 

“Albatta, biz bugun jahonda investorlar uçun mislsiz kuraş ketayotganini yaxşi tuşunamiz. Biroq bir özgarmas haqiqat tobora oydinlaşmoqda. Heç bir mamlakat bu kabi ötkir muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. Özaro işonç va hurmat ruhi, bir-birini qöllab-quvvatlaş tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bölib qolaveradi”, - dedi prezident.