2024 yilning 6 may kuni Farğona şahrida Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisining örinbosari – Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev, Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Soymömin Yatimov örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Muzokaralar çoğida tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaşga oid barça muammolar töplamini atrofliça muhokama qildi. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, noqonuniy migratsiya, kontrabanda va transçegaraviy xarakterdagi boşqa tahdidlarga qarşi kuraşiş kabi dolzarb sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar davlatlar örtasida çegaradoş hamkorlik va umuman olganda, yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalariga töxtalib ötdi.
Muloqot çoğida Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi davlat çegaralarini delimitatsiya qiliş bilan boğliq kun tartibidagi masalalar, şuningdek, Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi çegarani demarkatsiya qiliş masalalari konstruktiv tarzda körib çiqildi.
Uçraşuv iştirokçilari qirğiz-tojik çegaralarini delimitatsiya qiliş va özbek-qirğiz davlat çegaralarini demarkatsiya qiliş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça kelişuvlarga erişdi va tomonlarning özaro manfaatlarini hisobga olgan holda uşbu masalalarni hal etiş böyiça amaliy çora-tadbirlarni belgilab oldi.
Muzokaralar yakunida Qirğiziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi a’zolariga çegaraning qolgan uçastkalarini muvofiqlaştiriş, şuningdek, tegişli ikki tomonlama şartnomani tayyorlaş va imzolaş böyiça aniq topşiriqlar berildi.












