13:37 / 10.05.2019
26699
Mourino «Barselona»ning Liverpuldagi mag‘lubiyati sababini tushuntirdi
Foto: REUTERS

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Barselona»ning Chempionlar Ligasi yarimfinalidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (0:4) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati sabablari haqida gapirdi.

«Enfild» meni hayron qoldirmadi, Klopp meni hayron qoldirmadi. Jamoa va muxlislar orasidagi munosabat meni hayron qoldirmadi. Ammo nega bular «Barselona» uchun syurpriz bo‘ldi? Mana sizga savol.

G‘alaba ishtiyoqisiz bu stadion maydoniga tusholmaysiz. Shunchaki, butun o‘yin davomida himoyalana olmaysiz. Ernesto Valverde shogirdlari esa Lionel Messi yoki Luis Suaresning gol urishini kutib, himoyalanish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Ular jismonan va ruhan mag‘lub bo‘lishdi», - dedi Mourino.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top