8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

18:40 / 14.05.2019 10517

Pompeo AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarurligini bildirdi

Foto: RIA Novosti / Yekaterina Lyzlova

Rossiya va AQSh o‘rtadagi munosabatlarni yaxshilashi kerak. Bu nafaqat ikki davlat, balki butun dunyo manfaati uchundir, dedi AQSh davlat kotibi.

"Biz mamlakatlarimiz xavfsizligi uchun munosabatlarimizni yaxshilash yo‘lida barcha narsani qilishimiz lozim, biz bu muloqotni davom ettiramiz. Prezidentlarimiz buning uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerakligini aytgan. Bu nafaqat mamlakatlarimiz, balki butun dunyo manfaatlari uchundir", - dedi Pompeo Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvda.

"Yondashuvlarimizda tafovutlar bor va har bir davlat o‘z manfaatini himoya qiladi. Manfaatlarimiz to‘qnashadigan joylarda umumiy nuqtani topishimizga umid qilaman. Bu darhaqiqat izchilroq munosabatlar o‘rnatishimizga yordam beradi", -dedi u. 

14 may kuni Sochida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Bu ularning may oyi boshidan buyon ikkinchi uchrashuvidir. Mayk Pompeo Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Top