8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

12:38 / 15.05.2019 27611

Toshkent viloyatida Moldova fuqarosi paxta ekin dalasini payhon qildi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joriy yilning 13 may kuni Moldova Respublikasi fuqarosi 31 yoshli K.V. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasida noma'lum ayol bilan “Nizomiddin Anro-omad” fermer xo‘jaligi paxta ekin dalasiga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u paxta ekin dalasining 0.1ga maydonini avtomashinada payhon qilib, moddiy zarar yetkazgan. 

K.V.ga qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan, deyiladi xabarda.   

Top