Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (MXMK) sobiq kotibi Oleksiy Danilovni Ukrainaning Moldovadagi elçisi lavozimiga tayinlaşga rozi böldi. Bu haqda Ukraina rahbarining özi 29 mart, juma kuni keçki videomurojaatida gapirdi.
«Oleksiy Danilov diplomatik yönalişda işlaşda davom etadi, aniqroği, davlatimizning Moldova Respublikasidagi yangi elçisi lavozimiga uning nomzodiga rozi böldim. U menga Ukrainadagi kelajakdagi faoliyati haqida aynan şunday tasavvuri haqida gapirdi», — dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari Moldova «mintaqadagi xavfsizlik muammolari nuqtayi nazaridan ham, ikki tomonlama hamkorligimiz nuqtayi nazaridan ham» Ukraina uçun juda muhim davlat ekanini ta’kidladi.
Ukraina rahbariyatidagi rotatsiyalar
Oleksiy Danilov 2019 yil oktyabr oyidan beri Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan edi, biroq 26 mart kuni Zelenskiy uni bu lavozimda Aleksandr Litvinenkoga almaştirdi. Litvinenko, öz navbatida, ilgari Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi va Boş ştabda işlagan Oleg Ivaşçenko tomonidan egallangan Ukraina Taşqi razvedka xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi. Şu bilan birga, Ukraina rahbari mamlakatni mustahkamlaş va «uning davlat tizimini barça sohalarda yangilaş davom etişini» va’da qildi.
Fevral oyi boşida Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari boş qömondonini ham almaştirdi - işdan böşatilgan Valeriy Zalujniyning örnini avval quruqlikdagi qöşinlarga qömondonlik qilgan Aleksandr Sirskiy egalladi. Keyin Zalujniy soğliği sababli harbiy xizmatdan çetlaştirildi va Ukrainaning Britaniyadagi elçisi etib tayinlandi. OAVda prezident Ukraina qurolli kuçlari sobiq boş qömondoniga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşiga rahbarlik qilişni taklif etgani, biroq u rad javobini bergani haqida xabar tarqalgandi.













