8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:12 / 17.05.2019 52259

DXA haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

Foto: Iishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi (DXA) eslatma bilan chiqdi.

Bugungi kunda mazkur xizmat respublika bo‘ylab 10 dan ortiq Davlat xizmatlari markazlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari va bo‘limlarida ko‘rsatiladi. 

Davlat xizmatlari agentligi xodimlari hamisha sohani takomillashtirish ustida ishlarni olib borishadi. Buning natijasida, qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida, bugungi kunda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun arizani my.gov.uz portali orqali yuborish yo‘lga qo‘yildi, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, markazlarda xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70% miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab barcha Davlat xizmatlari markazlari eksterritorial tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishi eslatilgan. Ya'ni, doimiy yashash joyidan qat'iy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan olish imkoni bor.

Ta'kidlanishicha, endilikda haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirganlik uchun to‘lovni elektron ravishda amalga oshirish ham mumkin.

Top