To‘rt hududda «prava» olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
O‘zbekistonning to‘rtta hududida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departament hamda DXXning Mo‘ynoq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.P. va Sh.T. va G.Sh. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishini aytib, fuqaro S.X.dan 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi departamentning Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.T. va M.Sh. fuqaro A.R.ning ishonchiga kirib, unga “D” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Y. fuqaro O.O.ning ishonchiga kirib, unga “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “A.i.” MChJ o‘rgatuvchisi Y.X. fuqarolar R.A. va N.Sh.ning ishonchiga kirib, ularga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar
Iqtisodiyot | 15:20
-
Fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 14:30
-
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
Jahon | 14:25
-
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

11:12 / 15.01.2025
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW

12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi

13:40 / 25.06.2024
O‘zbekiston hududlarida haydovchilik guvohnomalari olib berishini va’da qilganlar ushlandi

07:49 / 07.06.2024