Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi
31 dekabr kuni haydovchilik guvohnomalari va 2015 yildan keyin berilgan «texpasport»larni almashtirish yakunlanadi. 1 yanvardan eski hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning so‘nggi bosqichi 2023 yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.
YHXX ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Guvohnomani yangilashga ulgurmaganlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 13-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari - 340 ming so‘m jarimaga tortiladi.
Guvohnomani almashtirish uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlariga va Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlariga (faqat haydovchilik guvohnomalari) murojaat qilish mumkin. Fuqarolar u yerga eski haydovchilik guvohnomasi, avtomobil «texpasporti» va pasport bilan borishi kerak.
O‘zbekistonda 2017 yil oktyabr oyida yangi haydovchilik guvohnomalari va «texpasport» joriy qilingan edi. Dastlab, 2020 yilning 31 dekabriga qadar guvohnoma va «texpasport» almashishni yakunlash rejalashtirilgandi. 2020 yil bahorida muddat bir yilga, keyin 2021 yil noyabrda - 2022 yil oxirigacha, 2022 yil aprelda - 2023 yil oxirigacha uzaytirildi.
Mavzuga oid
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
10:20 / 26.08.2025
Dori ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomalar amal qilish muddati 5 yil etib belgilanadi
11:15 / 19.04.2025