8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:00 / 19.05.2019 3882

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori: «Odamlarimizda moliyaviy savodxonlik past»

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rahbari Otabek Nazirov O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishga nimalar to‘sqinlik qilayotganini bayon qildi. U bu masalaga Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti bitiruvchilarining V forumidagi nutqida to‘xtalib o‘tdi.

«Mamlakat kapital bozori maksimal imkoniyat bilan rivojlanishi uchun bir necha to‘siq mavjud. Odamlarda moliyaviy savodxonlik yetishmaydi. Bu esa soha kadrlarining professionalizmiga ta'sir ko‘rsatadi. Ta'lim muassasalarida moliyaviy bilimlarning berilishiga urg‘u berish lozim», ─ deya Nazirovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Agentlik rahbari sohaga tegishli qonunlarning murakkabligiga ham to‘xtalib o‘tgan.

«Kapital bozoriga aloqador huquqiy normativ hujjatlar murakkab. Hozirda sohaga oid 48ta normativ hujjat mavjud. Ularni qisqartirish va soddalashtirish masalasini ko‘rish kerak. Shuningdek, banklar islohoti ham sohani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega», ─ deya ta'kidlagan u.

Top