Otabek Nazirov investitsiyalar va taşqi savdo vazirining maslahatçisi – Özbekiston Respublikasining töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi boş direktori etib tayinlandi.

Joriy yilning 31 mart kuni investitsiyalar va taşqi savdo vazirining maslahatçisi – Özbekiston Respublikasining töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari lavozimiga Otabek Nazirov tayinlandi.

Uşbu jamğarma raqobatbardoş mahalliy kompaniyalarga investitsiyalar kiritiş, şuningdek, xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli özaro foydali şeriklik munosabatlarini yölga qöyiş maqsadida taşkil etilgan.

Jamğarma asosçisi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hisoblanadi, faoliyati esa Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlaştiriladi.

Otabek Nazirov 1975 yil Toşkent şahrida tuğilgan, 1998 yilda makroiqtisodiyot ixtisosligi böyiça AQŞdagi Nyu-York davlat universitetini tamomlagan. AQŞdagi Goldman Sachs va JPMorgan Chase, Rossiyadagi “Troyka Dialog”, “MDM-Bank” kabi moliyaviy va investitsiya kompaniyalarida, şuningdek, London şahrida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida işlagan.

U Özbekistonda öz faoliyatini 2018 yilda innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari lavozimida boşlagan, keyinçalik xalq ta'limi vazirining örinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yilning yanvar oyidan buyon Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori lavozimida işlab kelgan.