Özbekiston 2021 yilda sukuk qimmatli qoğozlarini pilot ravişda çiqarişni rejalaştirmoqda. «Islom moliyasi» loyihasi muallifi Xondamir Nusratxöjayev uşbu mavzuda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov bilan suhbatlaşdi.

Islom tijorat huquqi tamoyillari asosida işlaydigan investitsion sukuk qimmatli qoğozlari – real iqtisodiyotning moliyalaştiriş manbayi hisoblanadi. Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi Özbekiston bozorida sukukni joriy etiş uçun huquqiy asoslar işlab çiqiş va infratuzilma yaratiş ustida işlamoqda.

12 oktyabr kuni «Islom moliyalaştiriş tamoyillari asosida qimmatli qoğozlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.

Sukuk tuşunçasi nimani anglatadi?

Islom moliyaviy institutlarining buxgalterlik hisobi va auditi taşkiloti (AAOIFI) ta’rifiga köra, sukuk – bu nominal qiymati teng bölgan sertifikatlar bölib, ular ma’lum bir loyihaning moddiy aktivlari, körsatilayotgan xizmatlar, aktivlarga egalik huquqining bölinmas uluşini tasdiqlaydi.

Sukuk, qarz majburiyatlaridan farqli ölaroq, ajratilgan moddiy aktivdagi yoki moliyalaştirilgan loyihadagi uluşdir. Uning daromadi, obligatsiyadan farqli ravişda, aktivlar va xizmatlardan foydalaniş yoki moliyalaştirilayotgan loyihaning foydasidan hosil böladi.

Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov sukuk qimmatli qoğozlarini Özbekiston bozoriga joriy etiş borasidagi savollarga javob berdi.

– Sukuk bizning kapital bozorimizda öziga xos gibrid innovatsion instrument. Ehtimol, köpçilik (vazirlik, idora, Markaziy bank, biznes) uçun sukuk qimmatli qoğozlarini çiqariş kutilmagan taşabbus bölgandir. Mazkur masalaning tarixi haqida gapirib bersangiz. U qanday paydo böldi, şaxsan özingiz bu ğoyaga nima uçun işondingiz?

– Men ilgari ham sukukka duç kelganman. Çunki global miqyosda mazkur bozor katta va u nafaqat tarixan musulmon bölgan mamlakatlar, balki Yevropa mamlakatlari va boşqa maydonçalarda ham mavjud. Bundan taşqari, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida faoliyat yuritgan va Markaziy Osiyo mintaqasi uçun mas’ul bölgan vaqtimda, bankimizning salohiyatli mijozlari mendan islom moliyasini taşkil etiş imkoniyati haqida söraganlari bilan boğliq vaziyatlarga duç kelganman.

Agentlikka rahbarlik qila boşlaganimdan keyin innovatsion fond instrumentlarini joriy etiş imkoniyatlarini örgana boşladik. Sukuk bizga aynan şunday instrument bölib körindi. Buning bir neça sabablari bor. Birinçidan, u islom moliyasi tamoyillariga mos. Bu esa bir vaqtlar islom sivilizatsiyasining markazi bölgan mamlakatimiz uçun muhim ahamiyatga ega.

Ikkinçidan, sukukning öziga xos jihati şundaki, u investitsiyalardan maqsadli foydalanişni talab etadi, real aktivlarni yaratiş bilan bevosita boğliq va tomonlar örtasida xatarlarni adolatli taqsimlaş imkonini beradi. Şuningdek, uning gibridligi şundan iboratki, u töliq uluş ham, qarz instrumenti ham emas. Unda har ikki instrumentning xususiyatlari va xatarlari mavjud.

Mamlakat rahbariyati sukukni joriy etiş va buning uçun normativ-huquqiy bazani yaratiş ğoyasini qöllab-quvvatladi. Şuning uçun biz taşabbus bilan xalqaro taşkilotlarga murojaat qildik va masalani idoralararo muhokamaga qöydik. Sukuk ğoyasi şu tariqa Özbekistonda amalga oşirila boşlandi.

– Hozirgi vaqtda agentlik kapital bozori töğrisidagi Özbekiston Respublikasi qonuni ustida iş olib boryapti. Mazkur qonunda sukukning Özbekiston kapital bozoridagi muhim instrument sifatidagi örni qanday böladi?

– Biz «Kapital bozori töğrisida»gi qonunning alohida bölimini islom moliyasi instrumentlari, aniqroği sukukka bağişlaşni rejalaştiryapmiz.

«Islom moliyalaştiriş tamoyillari asosida qimmatli qoğozlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori loyihasi tasdiqlanganidan keyin sukuk pilot kelişuvlarini amalga oşiriş uçun oraliq mexanizmlardan biriga aylanadi.

– Sukukni çiqariş oson iş emas va qonunçilikda jiddiy özgarişlarni talab qiladi. Qonunçilikka kiritiladigan bu özgarişlar qançalik qamrovga ega böladi?

– Kapital bozorida umuman yangi instrument bölgan sukuk, tabiiyki, bir qança tartibga soluvçi va qonunçilikdagi özgartiş va qöşimçalarni talab etadi. Masalan, prezident qarorida sukukni pilot ravişda çiqariş uçun maxsus soliq rejimi, benefitsiar mulk huquqi, ingliz huquqi normalaridan foydalaniş va boşqa talablar nazarda tutilgan.

2021 yilda sukukni pilot ravişda çiqariş ğoyasidan közlangan maqsad – sukukni çiqariş va muomalasini ta’minlaş uçun qonunçilikda talab etiladigan özgarişlar kölami va boşqa nyuanslarini tuşunib olişdan iborat.

– Sukukni pilot ravişda çiqariş uçun prezident qarorini tasdiqlaş jarayoni hozir qaysi bosqiçda? Agentlik turli vazirlik va idoralar bilan qay darajada yaqin hamkorlik olib boradi, mazkur jarayonga qaysi asosiy vazirlik va idoralar jalb etilgan?

– Agentlik bir qator vazirlik va idoralar bilan yaqin hamkorlikda işlaydi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Soliq qömitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy bank şular jumlasidan.

Bundan taşqari, sukuk tuşunçasi haqida töliq ma’lumot oliş, u haqida xabardorlik darajasini oşiriş, sukuk tuzilişining turli variantlari, şuningdek, sukuk va obligatsiyalar örtasidagi farqni tuşuniş maqsadida vazirlik va idoralar xodimlari uçun agentlik Islom taraqqiyot banki kömagida ikki kunlik trening taşkil etdi.

– Prezident qarori loyihasida sukuk qimmatli qoğozlarini pilot ravişda çiqarilişini taşkil etiş 2022 yilning 1 iyulida yakunlanişi kerakligi nazarda tutilgan. Sizningça, mazkur loyihani belgilangan muddatda yakunlaşga erişiladimi?

– Afsuski, pandemiya öz ta’sirini körsatdi va loyihani amalga oşirişning ayrim jarayonlarini sekinlaştirdi. Biroq bugungi kunda tayyorgarlik jarayoni tabiiy ravişda öz tartibi bilan davom etmoqda. Ayrim vazirlik va idoralar bilan muayyan jihatlarni tasdiqlaş işlari qoldi.

Şuni qayd etişni istardimki, vazirlik va idoralar mazkur taşabbusni har tomonlama qöllab-quvvatlaşmoqda; mamlakatni rivojlantiriş uçun qimmatli qoğozlar bozori, şuningdek, innovatsion instrumentlarni rivojlantiriş ahamiyatini yaxşi tuşunişmoqda.

– Yaqinda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) respublika böylab Özbekistonda islom moliyasini rivojlantiriş istiqbollari borasida sörovnoma ötkazdi (7 mingga yaqin respondentlar iştirok etdi). Respondentlarning köpçiligi Özbekistonda islom moliyasi paydo bölişiga katta ehtiyoj borligini ta’kidlaşdi. Aholimiz Islom moliyasiga nisbatan ançagina ijobiy munosabatda ekani Özbekistonda sukuklar bozorini yaratişdagi umumiy muvaffaqiyatga qay darajada ta’sir qilişi mumkin?

– Xalqimizning köp asrlik madaniyati va an’analari islom dini bilan çambarças boğliq. Şu jumladan, moliya, mulk munosabatlari tamoyillari borasida ham. Aynan şuning uçun xam sukuk yirik va örta biznes tomonidan ham, aholi tomonidan ham qöllab-quvvatlanadi, deb hisoblaymiz.

Bundan taşqari, islom moliyasining bir qismi sifatida sukuk birinçi navbatda öziga xos ahloqiy asoslarga ega. Şu bilan birga, undan har kim çeklovlarsiz foydalanişi mumkin. Aytgança, sukuk çiqarişdagi eng muhim platformalarning köpi – ğarb yurisdiksiyalari. Yirik xalqaro banklar esa sukuk xaridorlaridir.

– Agentlikka qaror loyihasini işlab çiqişda kim yordam berdi?

– Mazkur loyihani amalga oşiriş uçun huquqiy asosni yaratişda körsatgan texnik yordami, kömagi va maslahatlari uçun BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Islom taraqqiyot bankidan minnatdormiz. Ular bilan samarali hamkorligimiz davom etişiga umid qilamiz.

***

Ta’kidlanganidek, Özbekiston 2021 yilda sukuk qimmatli qoğozlarini pilot ravişda çiqarişni rejalaştirmoqda. Otabek Nazirovning sözlariga köra, bu – mahalliy va xalqaro investorlar mablağini jalb etiş, moliya bozorini rivojlantiriş va islohotlar jarayoniga yordam beradi.

Otabek Nazirovning hisob-kitoblariga köra, zarur normativ-huquqiy baza yaratilsa, davlat va korporativ sukukning çiqarilişi bir neça yil içida Özbekiston uçun 4–5 milliard dollarlik bozorga aylanişi mumkin. Bu – sukukning xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va yirik infratuzilma loyihalari, davlat-xususiy şeriklik hamda xususiy sektordagi loyihalarni amalga oşirişda yuqori salohiyatidan dalolat beradi.

Xondamir Nusratxöjayev suhbatlaşdi.