Uning sözlariga köra, bu Özbekiston iqtisodiyoti uşbu inqiroz davrini boşqa davlatlarga qaraganda kamroq yöqotişlar bilan ötkazişi mumkinligini körsatadi. 

“Mamlakatning mavjud moliyaviy imkoniyatlarini, şuningdek, amaldagi çeklov va töplangan (hamda uzoq vaqt tan olinmagan) muammolarni, şu jumladan soğliqni saqlaş tizimidagi kamçiliklarni hisobga olgan xolda, hukumat pandemiya oqibatlarini yumşatiş uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda. Asosiy vazifa virus tarqalişini va şunga mos ravişda kasallanganlar sonini kamaytiriş edi”, - dedi O. Nazirov.

Şuningdek, u iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş maqsadida mamlakatning oltin-valuta zaxiralaridan foydalaniş töğrisidagi taklifiga ham izoh berdi.

“Bugungi kunda Markaziy bankimizning oltin-valuta zaxiralari YaIMga nisbatan 56 foizni taşkil etadi, qöşni Qozoğistonda bu körsatkiç 18 foizga yaqin, Rossiyada 37, Xitoyda 22, Hindistonda 16, Braziliyada 19, Meksikada 15, Indoneziyada esa 12 foizga teng.

Oltin narxining tez sur'atlar bilan ösişini hisobga olgan holda, davlat budjetida közda tutilmagan qöşimça daromadlarni milliy iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriş mumkin edi”, - deydi Nazirov. 

Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktorining ta'kidlaşiça, boşqa rivojlanayotgan davlatlar bilan taqqoslaganda Özbekistonning taşqi qarzi maqbul darajada. 

“Biz xorijiy valutada ifodalangan hamda budjet tanqisligi va joriy xarajatlarni moliyalaştirişga qaratiladigan taşqi qarzimiz miqdorini nazorat qilib borişimiz kerak. 

Investitsiyaviy loyihalar va tadbirkorlik sub'yektlarini moliyalaştirişga yönaltiriladigan taşqi kreditlarga keladigan bölsak, bunda qarzlarni qaytariş manbalari aniq (kompaniya daromadidan kelib tuşadigan pul oqimlari), kreditlar hisobiga xarid qilinadigan aniq aktivlar mavjud. Bunday qarz mablağlardan optimal foydalanilsa, xatarlar töğri tahlil qilinsa, şartnomalar oqilona tuzilsa, bunday majburiyatlarni bajariş borasida muammoga duç kelmaymiz. 

Bunday hollarda (bu yerda gap asosan xususiy sektor majburiyatlari hamda xorijiy valutadagi kreditlar haqida bormoqda) majburiyatlar xejlanişi kerak (valutadagi daromadning mavjudligi va h.k.)”, - dedi u.

Nazirov kapital bozorini rivojlantiriş strategiyasi haqida ham gapirdi.

“Umid qilamizki, strategiya yaqin kunlarda hukumat tomonidan tasdiqlanadi va qabul qilinadi. Ma'lumki, uşbu strategiya yetakçi jahon ekspertlari tavsiyalari asosida, YeTTB hamda OTB kömagida tayyorlangan bölib, eng ilğor xorijiy tajribani özida mujassam etgan. Strategiyaning asosiy vazifasi butun kapital bozorini mamlakat moliya infrastrukturasining asosiy unsuri sifatida rivojlantirişdan iborat bölib,  biz strategiyada yuqori maqsadlar va körsatkiçlarni belgiladik. Masalan, iqtisodiyotimizning salohiyatidan kelib çiqib va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan boşqa bozorlarning bosib ötgan yölini e'tiborga olib,  5 yil içida birlamçi bozorda YaIMning kamida 10 foiziga teng mablağ – 50 trln. sömni jalb qilişimiz (va ikkilamçi bozor hajmini oşirişimiz) mumkin.