8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:30 / 20.05.2019 20088

Seuldagi yong‘in: o‘zbekistonlik ikkinchi talaba yigit ham vafot etdi

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 9 may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida og‘ir kuyish jarohatini olgan talaba, O‘zbekiston fuqarosi Mutal Yo‘ldoshev 19 may kuni «Hanil» kasalxonasida vafot etdi.

TIV xabariga ko‘ra, hozirgi paytda marhumning jasadini otasi Muxtor Yo‘ldoshev va akasi Farhod Yo‘ldoshev hamrohligida Seul shahridan Toshkentga jo‘natishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Mutal Yo‘ldoshevning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etgan va Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-2-574-65-54, +82-2-577-36-60.

Bundan oldin, Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida O‘zbekiston fuqarosi Farrux Mo‘minov halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Top