Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçixonasi bergan ma'lumotlarga köra, 2019 yilning 9 may kuni içida özbekistonlik talabalar Mutal Yöldoşev (1997 yilda tuğilgan) va Farrux Möminov (1996 yilda tuğilgan) bölgan Seul şahridagi kvartirada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30da yonğin sodir bölgan. 

TIV xabariga köra, natijada F.Möminov voqea joyida vafot etgan. M.Yöldoşev ikkinçi darajali kuyiş jarohatini olgan va şoşilinç tibbiy yordam körsatiş uçun Xanil kasalxonasiga olib borilgan.

Konsul va yaqin döstlari iştirokida marhumni aniqlaş borasida amaliyot ötkazildi. Diplomatik vakolatxona vakillari M.Yöldoşevning ahvolidan ham xabar oldi. Vraçlar bemorning holatini oğir deb baholamoqda, deyiladi xabarda.

Hozirda politsiya tomonidan yonğin sabablarini va hodisaga sabab bölgan boşqa barça omillarni aniqlaş uçun tergov olib borilmoqda.

Özbekiston fuqarolari bilan boğliq mazkur holatni elçixona nazoratda uşlab turibdi, Xanil kasalxonasi rahbariyati bilan muloqotda bölib turibdi va fuqaromiz jasadini vatanga jönatiş masalasi ustida iş olib bormoqda, deya yakunlanadi TIV xabari.