9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

13:48 / 21.05.2019 5661

«Chelsi» Azarni «Real»ga sotishga rozi

Foto: Getty Images

«Chelsi» Eden Azarni «Real»ga 87 mln funt (100 mln yevro atrofida) mablag‘ evaziga sotishga rozi. Londonliklar klubi avvaliga belgiyalik futbolchining transfer narxini 100 mln funtdan pastga tushirishga qarshi bo‘lib kelishayotgandi, ammo Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, hozirda «Chelsi» uni kamroq narx evaziga bo‘lsada qo‘yib yuborishga tayyor. 

Qayd etilishicha, klubning yon berishiga Azarning shartnomasi muddati 12 oydan keyin yakunlanishidan tashqari UYeFAning feyr-pley bo‘yicha qoidalari ham sabab bo‘lgan.

Bundan avvalroq futbolchining o‘zi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilgani, yangi mavsumni boshqa klubda boshlashini ma'lum qilgandi.

Azarning «Chelsi» bilan shartnomasi muddati 2020 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi va u yangi shartnoma tuzishga rozi bo‘lmadi. Forvard «Chelsi» safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u Angliya chempionati doirasida 37 o‘yinda maydonga tushib, 16 gol urgan va 15 golga uzatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi»ga voyaga yetmagan futbolchilarni transfer qilish va ro‘yxatga olish qoidalarini buzgani uchun 2020 yil yanvariga qadar transferlar taqiqi qo‘yilgan.

Top