Aslida bu farq bundan ham kam, ya'ni 1,5 oçko deyiş ham mumkin. Zero La Liga reglamentiga köra, agar oçkolar teng bölib qolsa, özaro öyinlardagi natijalarga e'tibor beriladi. «Real» klasikolarda bu mavsum muvaffaqiyatliroq harakat qilgan. Bundan taşqari ham, çempionlik uçun imkoniyatlar Zidan şogirdlarida köproq deyiş uçun bir qator asoslar bor.
Quyida şular haqida.
Zidan uzunroq va tajribaliroq tarkibga ega

«Barselona» rahbariyati klubni moliyaviy tomondan juda oğir ahvolga solib qöydi. Kike Seten endi mavsumni asosiy tarkibning 19 nafar futbolçisi bilan yakunlaşga majbur. Bir qator yirik transferlar uçun maoşlarni qisqartirişga urinib, klub qişda bir qator futbolçilar – Todibo, Vage, Alenya va Karles Peres kabilarni ijaraga tarqatib yuborgandi.
Har uç kunda bir öyin ötkaziş kerak bölgan şaroitda, u qadar jahon yulduzi bölişmasa-da, sanalgan futbolçilar yordam berişlari mumkin edi. Endi çempionat öyinlarida Seten zaxira variant sifatida «Barselona» B vakillariga ham imkoniyat bersa, ajab emas. Jarohatlar esa, bu imkoniyatni yanada oşiradi.
«Real»da esa, aksinça, tarkib ham uzun, ham tajribali futbolçilardan iborat. Ularning har biri mavsum davomida yetarli vaqtga ham ega bölişgan. Masalan, Lukas Vaskes 640 daqiqa töp surib ulgurgan – tarkibdagi 17-körsatkiç. Naçoda 393 daqiqa bor, Dias Marianoda esa bir bölimdan ham kam vaqt bor, lekin aynan u «Barselona» darvozasini işğol etgandi. Umuman olganda, Zidan tarkibni rotatsiya qiliş va futbolçilar formasini muvozanatda uşlab turiş uçun ança yaxşi şaroitga ega.
Jarohatlar va issiq şaroit uçun «Barselona» tarkibining yoşi kattaroq
Avvalroq boşlangan Bundesliga tajribasi şuni körsatdiki, uzoq tanaffusdan keyingi öyinlar juda köp jarohatlarga sabab bölişi mumkin ekan. Ispaniyada buning ustiga, yoz ança issiqroq. Köp öyinlar keçki payt ötkazilsa-da, futbol uçun optimal şaroit deb bölmaydi.
«Barselona»ning asosiy tarkibidagi 8 futbolçi allaqaçon öttiz yoşdan ötişgan. Pike, Messi, Buskets, Alba, Suares, Rakitiç, Vidal va Netu. Bu futbolçilar uçun qöşimça bosim yuklanadi, öyinçi qançalik yoşi katta bölsa, qöşimça yuklamalarni qabul qilişi qiyinlaşib boraveradi. Sanalgan futbolçilarni yöqotiş esa «Barselona»ga juda qimmatga tuşişi mumkin.
«Real»ning yetakçilari qaytmoqda

Eden Azar va Marko Asensio uşbu mavsumda muhim futbolçilar bölişlari közda tutilgandi. Ammo jarohatlar tufayli Eden ba'zi paytlarda maydonda körindi, Asensio esa uzoq vaqtga safdan çiqqandi. Tanaffus har ikki futbolçining tiklanişi va deyarli mavsumoldi jarayonlarni boşdan keçirişga şaroit yaratib berdi. Agar «Real» şu paytgaça bu ikki muhim futbolçisiz «Barselona» bilan teng kelgan bölsa, yangi kuçlar qöşimça ustunlik yaratmaydimi?
Albatta, «Barselona» tarkibida Luis Suares ham qaytadi, ammo tan oliş kerak, urugvaylik hujumçi sönggi paytlarda öyinni özgartira oladigan darajada öynay olmayotgandi. Usmon Dembele hamon qaytgani yöq va uning hatto koronavirusga test topşirmaganidan anglaş mumkinki, mavsumning qolgan qismida ham jamoaga yordam bera olmaydi. Samuel Umtitining ham töliq tiklanişiga işoniş muşkul.
«Real»da esa, Luka Yoviçdan boşqa barça futbolçilar soğ.
«Uy stadioni» omili köproq «Barselona»ga kerak, «Real»ga farqsiz

Çempionlik gonkasida tribunadagi muxlislar ahamiyat kasb etişlari mumkinmi? Bir tomondan qaraganda, bu yerda hamma jamoalar teng şartlarda töp surişadi. Ammo bir statistik fakt şuni körsatadiki, «Barselona» – La Ligadagi eng yaxşi uy-jamoasi, «Real» esa safar öyinlarida eng yaxşi öyin körsatib kelgan.
Kataloniyaliklar töla «Kamp Nou» qarşisida oçkolarning 95 foizini qölga kiritişgan, safarda bu körsatkiç 46 foizga tuşib ketadi. «Real»da esa bu raqamlar ança muvozanatlaşgan – uyda 79 foiz, safarda 60.
Bundan taşqari, «Real» qolgan uy uçraşuvlarini rekonstruksiya qilinayotgan «Santyago Bernabeu»da emas, «Alfredo di Stefano» nomidagi 7 ming kişilik mö'jaz stadionda ötkazadi. Bu öyingoh «Real»ning maşğulot maydoni hisoblanadi. Ya'ni Madrid klubi raqiblari uçun bu yangilik, «Real» esa, hatto «Bernabeu»dan ham yaxşiroq taniş bölgan maydonda töp suradi.
«Barselona»da taqvim qiyinroq
Umuman olganda, har ikki grand uçun qiyinligi jihatidan teng taqvim – 11 raqibdan 6tasi bir xil. Lekin baribir, «Barselona» taqvimida «Real» «qutulib bölgan» ikki raqib bor: «Atletiko» va «Sevilya».
Sönggi uç uçraşuvda «Atletiko» ikki marta «Barselona»dan oçko tortib olgan, «Sevilya» bir marta.
«Real»da yuqori örinlarni egallagan jamoalar içida «Xetafe» (5) va «Sosedad» (4) bilan öynaydi. Ammo bu raqiblar «Real» uçun u qadar noqulay emas. «Sosedad»ga qarşi Zidan şogirdlari sönggi ikki öyinda umumiy 8:3 hisobini qayd etgan bölsa, «Xetafe» madridliklar bilan öyinda sönggi marta 2012 yilda ğalaba qozongan.












