Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Eden Azar uçun JÇ-2022 faoliyatidagi sönggi xalqaro turnir böldi.

«Real» futbolçisi milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini rasman ma’lum qildi. 

«Bugun sahifalardan biri yopilmoqda... Sevganingiz, qöllab-quvvatlaganingiz uçun rahmat! 2008 yildan buyon birga baham körgan baxt uçun taşakkur. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlaşga qaror qildim. Örnimga örinbosarlar tayyor. Soğinib qolaman», - deya yozadi Azar. 

Ma’lumot uçun, Eden Belgiya safida 126 öyinda maydonga tuşib, 33ta golga mualliflik qilgan. Azar JÇ-2022da milliy jamoasi sardori sifatida töp surdi, ammo Belgiya guruhda qolib ketgandi.