8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:24 / 21.05.2019 4926

Hisob palatasining huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi mazkur palataning faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, jumladan, uning islohotlarning yangi bosqichida, bugungi tub o‘zgarishlar sharoitida palata samarali faoliyat yuritishini ta'minlashga, huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan.

Loyihada Hisob palatasining huquqiy maqomi, vazifalari, prinsiplari hamda mansabdor shaxslarining vakolatlariga muayyan aniqliklar kiritildi. Axborot va ma'lumotlar almashinuvi sohasida palataning davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari, uning qonuniy talablarini bajarishning majburiyligi haqidagi normalari takomillashtirildi. 

Shuningdek, palata faoliyatining tashkil qilinishi bilan bog‘liq qoidalar maromiga yetkazildi. Loyihaga normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda, to‘g‘ri qo‘llanilishi, normalarning sodda-ravon aks ettirilishi, adabiy til qoidalari talablariga hamda yuridik texnika va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini ta'minlash borasida tegishli aniqlik kiritildi.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirishga, budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta'minlashga hamda davlat aktivlarini boshqarishning oqilona tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Top