Joriy yil 1-çoragida Hisob palatasi tomonidan budjet mablağlari noqonuniy sarflanişining oldini oliş maqsadida 14 ta nazorat tadbiri ötkazildi, 15 ta yönalişda tahlillar tayyorlandi. Bu haqda 19 aprel kuni AOKAdagi brifingda palata mas’ul xodimi Sardor Usmonov ma’lum qildi.
“Davlat mablağlari noqonuniy sarflanişiga sabab bölayotgan omillarni barvaqt aniqlaş va ularni bartaraf etiş, davlat dasturlari ijrosini tahlil qiliş, ularning samaradorligi va natijadorligiga asosiy e’tibor qaratildi. Nazorat tadbirlarida 8,3 mlrd sömlik noqonuniy xarajatlarning budjetga undirilişi ta’minlandi. Davlat budjetiga 140 mlrd söm qöşimça daromad manbalari aniqlandi”, deydi Sardor Usmonov.
Şuningdek, 2021-2023 yillarda davlat buyurtmaçilariga tovarlar yetkazib berilişi va ular böyiça elektron hisob fakturalarning rasmiylaştirilişi hamda uşbu operatsiyalarning soliq hisobotlarida töliq aks ettirilişi nazorat tartibida örganilgan. Tahlillarga köra, davlat budjetining ğazna ijrosini qamrab olgan budjet buyurtmaçilari tomonidan 2021-2023 yillarda jami 3,3 mln şartnomalar asosida 203,5 trln sömlik xaridlar amalga oşirilgan.
“Xaridlar tarkibiga köra, quriliş – 66 trln söm, ta’mirlaş – 44 trln söm, asosiy vositalar xaridi – 18 trln söm, kommunal xizmatlar – 20 trln söm, boşqa tovar va xizmatlar xaridi 54 trln sömni taşkil qilgan. Örganişlarda davlat budjeti mablağlari hisobiga xarid qilingan tovarlar aylanmasining ayrim ta’minotçi korxonalar soliq hisobotida kamaytirib körsatilgani natijasida 1,8 trln sömlik soliqlar böyiça risklar aniqlangan. Uşbu kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça ijroçilarga körsatmalar taqdim etildi.
Ğaznaçilik va soliq qömitasining axborot xizmatlari özaro elektron ma’lumotlar almaşinuvini ta’minlaşi yuzasidan aniq körsatmalar yuborildi”, deydi palata mas’uli.
2022-2023 yillarda respublikaning 5 ta hududida davlat buyurtmaçilari tomonidan töğridan töğri tuzilgan şartnomalar asosida amalga oşirilgan xaridlarning qonuniyligi örganildi. Tahlillarda raqobatli usullarni çetlab ötib töğridan töğri şartnomalar tuziş, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyiş, xarid şartnomalarini ekspertizadan ötkazmaslik va yuqori vaqtlarda xaridlarni amalga oşiriş holatlari aniqlangan. Xato va kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan çoralar körilgan.
“Soğliqni saqlaş vazirligi bilan Toşkent şahridagi 7 ta tibbiyot muassasasida qisqa muddatli örganişlar ötkazildi. 16 ta yönalişda aholini qiynaydigan 119 turdagi muammolar aniqlanib ularni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqildi.













