Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi raisi Dilorom Fayziyeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Polşaga taşrifi doirasida mamlakat parlamenti quyi palatasi (Seym) raisi örinbosari Kristof Bosak va Senat vitse-marşali Mixal Kaminskiy bilan uçraşuv ötkazgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Uçraşuvlarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan. Ikki mamlakat örtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş, hududlararo aloqalarni faollaştiriş, savdo, transport yölaklari, yaşil iqtisodiyot va boşqa masalalar körib çiqilgan.

Tomonlar ikki davlatning siyosiy, savdo-iqtisodiy doira vakillari örtasidagi aloqalar faollaşganini qayd etgan holda, davlatlararo hamkorlikning asosiy yönalişlarini amalga oşiriş uçun samarali şartnomaviy-huquqiy bazani yaratiş böyiça işlarni davom ettiriş zarurligini ta’kidlagan.

Özbekiston va Polşa parlamentlarining sarmoyalarni jalb etiş, iqtisodiyotning turli tarmoqlari örtasidagi aloqalar kölamini kengaytiriş, ta’lim va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi imkoniyatlaridan keng foydalaniş masalalari xususida fikr almaşilgan.

Seym spikeri örinbosari Kşiştof Bosak Özbekiston tomoniga Polşa parlamenti bilan konstruktiv muloqot, özaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlaş tarafdori ekani uçun minnatdorlik bildirgan.

Senat vitse-marşali Mixal Kaminskining ta’kidlaşiça, Polşa ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda Özbekiston bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş tarafdori.

Şu nuqtai nazardan, Özbekistondagi barqarorlik Markaziy Osiyoda iqtisodiy ösiş va integratsiya jarayonlarini faollaştirişning kaliti hisoblanadi. “Markaziy Osiyo davlatlarida barqaror xavfsizlikni ta’minlaş Polşa tomoni manfaatlariga töliq javob beradi”, degan u.

Polşa tomoni joriy yilning mart oyidan boşlab Toşkent – Varşava havo qatnovlari yölga qöyilişi Özbekiston-Polşa hamkorligini ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etişini qayd etgan.