Özbekistonda ota-onalarga bolalarni tarbiyalaşda jismoniy jazo qöllaş taqiqlanişi mumkin. Bu haqda bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan qonun loyihasida nazarda tutilgan.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 27 fevraldagi yiğilişida uşbu qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan körib çiqilib, qabul qilindi.
Qonun loyihasida bolalarni zöravonlikdan himoya qilişda ota-onalarning iştiroki va ularning majburiyatlari belgilanadi. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va soğliğini muhofaza qilişi, ularga ğamxörlik körsatişi hamda zararli ta’sir körsatuvçi axborotdan himoya qilişi şartligi, bolalarni tarbiyalaşda ularni jismoniy jazolaş taqiqlanişi nazarda tutilyapti.
Şuningdek, ta’lim taşkilotlarida bolalarga nisbatan zöravonlikka yöl qöyilmasligi, ta’lim muassasalarida intizomiy jazo çorasi sifatida zöravonlikning har qanday şakli, şu jumladan jismoniy jazo va boşqa şafqatsiz xatti-harakatlarni amalga oşiriş yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomalani qöllaşga yöl qöyilmasligi qat’iy belgilanmoqda.
Deputatlarning ta’kidlaşiça, loyihaning qabul qilinişi bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etiş hamda ularni hurmat qilişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş, bolalarga nisbatan zöravonlik holatlariga murosasiz munosabatda böliş, zöravonlik sodir etgan şaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Loyihani ikkinçi öqişda qonunning ta’sirçanligi va samaradorligini ta’minlaşga qaratilgan takliflar kiritilişi mumkin.













