8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:55 / 25.05.2019 4226

Toshkent moliya instituti va Binary University hamkorligidagi «BGS» fakultetiga qabul boshlandi

Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University) bilan hamkorlikda tashkil etilgan «BINARY GRADUATE SCHOOL» (BGS) qo‘shma fakulteti 2019/2020 o‘quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul jarayoni boshlanganligini e'lon qiladi.

  • MBA - Master of Business Administration – 18 oy;
  • Master Science in Information Technology Management – 18 oy;
  • Master Science in Accounting & Finance (by research) – 24 oy.

Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2019 yilning 1 iyunidan 31 avgustiga qadar amalga oshiriladi.

Qabulga ariza topshirish uchun abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi:

1. Pasport nusxasi (ro‘yxatga olingan manzili bilan);

2. Mahalliy yoki xorijiy oliy ta'lim muassasalarining bakalavr darajasidagi diplom (ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan). Ayni damda bakalavr diplomiga ega bo‘lmagan bitiruvchilar o‘qishni 2019 yilda yakunlashlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi;

3. Ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi mahalliy yoki xalqaro sertifikat (agar ingliz tili rasmiy til bo‘lgan davlatda bakalavr darajasiga ega bo‘lsangiz sertifikat talab qilinmaydi):

  • BGS English Test - 5.5. 
  • IELTS - 5.5 (British Council/IDP);
  • SEFR - B1 (Davlat test markazi);

4. Rasm 3.5x4.5 (oq fon, JPEG formatida, 4-dona).

Dars mashg‘ulotlarini xalqaro tajribaga ega bo‘lgan malakali xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar olib boradilar.

Qo‘shma fakultetga qabul qilingan talabalar bir vaqtning o‘zida Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneri universiteti talabalari hisoblanadilar.

Kadrlar tayyorlashda “1+1” yoki “2+0” qo‘shma diplom dasturi asosida amalga oshiriladi.

Ta'lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar Toshkent moliya instituti (O‘zbekiston Respublikasining davlat namunasidagi magistr diplomi) va Bayneriy universitetining xalqaro darajadagi diplomiga ega bo‘ladilar.

Qabul komissiyasining ish vaqti: dushanba – juma (09:00 dan 18:00 gacha).

Ta'lim dasturi va qabul jarayoni bilan bog‘liq to‘liq ma'lumotlar olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: +99871 234 46 87, +99871 235 20 76

Telegram: @bgs_tashkent

E-mail: binary.tif@gmail.com

Manzil: Toshkent shahri, A.Temur shoh ko‘chasi, 60A uy, Toshkent moliya instituti, “BINARY GRADUATE SCHOOL” qo‘shma fakulteti.

Reklama huquqi asosida

Top