14:10 / 26.05.2019
35098
«Erdo‘g‘anga aylanishingga yo‘l qo‘ymaymiz» - Isroilda mamlakat bosh vaziriga qarshi namoyish o‘tkazildi
Foto: T. Nyuberg

Isroil poytaxti Tel-Avivda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning harakatlariga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi. Mamlakat qonunchiligiga kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, bosh vazirning dahlsizlik vakolati oshirilishi va unga nisbatan sudda ish ochilishi taqiqlanishi mumkin.

Bundan tashqari yangi qonunchilikda Oliy sudning vakolatlarini cheklaydigan bandlar ham borligi aytilmoqda. Fuqarolar namoyishga turklarning milliy bosh kiyimida chiqishdi va bu ramziy ma'no kasb etadi. Isroil fuqarolari bu harakatlari bilan mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an kabi cheksiz vakolatga ega bo‘lish imkonini bermoqchi emasliklarini ko‘rsatishgan.

«Netanyaxu, sen ham biz kabi xalqning vakilisan. Biz sening Erdo‘g‘anga aylanishingga, Isroilning Turkiyaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz»,- deydi «Yesh Atid» partiyasi asoschisi va rahbari Yair Lapid. Namoyishchilar Erdo‘g‘anning prezidentlik vakolatlarini keskin oshirganiga ishora qilishgan. Poytaxt Tel-Avivda o‘tkazilgan namoyishlarda 100 mingdan ko‘proq odam qatnashgan.

Top