8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:26 / 27.05.2019 8380

Jizzaxda uchta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Illyustrativ foto

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida joriy yil 22 may kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi 33 yoshli A.J. o‘ziga biriktirilgan “Damas” rusumli avtomashinasini “Toshkent-Termiz” yo‘lining 969-km.da boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan, 23 yoshli B.A. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi chap yon qismiga urilib to‘xtagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda “Volvo” rusumli yuk avtomashinasining orqasidan harakatlanib kelayotgan, 34 yoshli A.Yu. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina “Volvo” yuk avtomashinasining orqa tomoniga kelib urilgan. 

Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi 24 yoshli I.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Top