Germaniya O‘zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun 120 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratadi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer O‘zbekistonga 2 kunlik tashrifi davomida O‘zbekiston hukumatini islohotlar yo‘lini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda DW nemis nashri xabar berdi.
Shtaynmayyer O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan keyin O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yutuqlari ortidan “katta hurmat bilan” kuzatishini ta'kidlab o‘tgan.
“Markaziy Osiyo respublikasi rahbariyati islohotlar yo‘lini qat'iy davom ettirishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Germaniya prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, “Islohotlar har doim ham so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanmasligini, biroq orqaga yo‘l yo‘qligini” ta'kidlab o‘tgan.
Shu kuniyoq ikki davlat vakillari hamkorlikni kengaytirish haqidagi kelishuvni imzolashgan. Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish masalalari vazirligi keyingi 2 yil ichida bu maqsadlarda 123,8 mln yevro ajratishga va'da bergan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qamrab oladi. Berlin ajratadigan mablag‘lar, jumladan, O‘zbekiston viloyatlaridagi shifoxonalarni modernizatsiyalash, tibbiy personal uchun ta'lim dasturlari, silga qarshi kurash hamda qishloq xo‘jaligini mustahkamlash uchun yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
-
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
O‘zbekiston | 12:02
-
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 11:52
-
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar
Sport | 11:35
Mavzuga oid

09:03
"Levada": Rossiyaliklarning rekord qismi G‘arb bilan do‘stlikni xohlayapti

08:26
Germaniyalik general: YeI AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini almashtira oladi

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

08:52 / 06.06.2025