8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:32 / 31.05.2019 1390

Jizzaxda «Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va «O‘zbekiston Respublikasi IX chempionati» musobaqalarining respublika bosqichi boshlandi 

Jizzax shahrida «Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va «O‘zbekiston Respublikasi IX chempionati» musobaqalarining respublika bosqichi boshlandi. Musobaqalar 30 maydan 2 iyunga qadar davom etadi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBB. 

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBB

Nazariy shartga ko‘ra, musobaqa ishtirokchilarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyalari test sinovlari orqali aniqlanadigan bo‘lsa, musobaqaning amaliy shartida «Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasiga ko‘tarilish», «Yong‘in o‘chirish estafetasi» va «100 metrga to‘siqlar osha yugurish» turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBB

Mazkur musobaqaning birinchi bosqichi 1-15 aprel kunlari tuman-shahar miqyosida har bir umumta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ushbu bosqichda o‘quvchilar orasidan umum jismoniy tayyorgarlik, ya'ni turnikda tortilish, 100 hamda 1000 metrga yugurish turlari bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, tuman-shahar terma jamoasi shakllantirildi va ikkinchi, ya'ni viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBB

Musobaqaning ikkinchi bosqichi joriy yilning 1-18 may kunlari o‘tkazildi hamda viloyat terma jamoasi shakllantirilib, uchinchi bosqichda, ya'ni respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBB
Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBB

Musobaqalarning birinchi va ikkinchi bosqichlarida umumta'lim maktablari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalaridan jami bo‘lib, 200 ming nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdilar. Ikkinchi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, 14 ta umumta'lim muassasalari terma jamoalari, shuningdek, 5 ta hududdan qizlar terma jamoalari, jami 132 nafar o‘quvchi o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqaning respublika bosqichida barcha turlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi YoXBB

Barcha g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. 

Top