8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:54 / 01.06.2019 7372

AQSh elchisi: «O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritish bo‘yicha katta rejalar bor»

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda Gruziya, AQSh va Koreya Respublikasining yangi favqulodda va muxtor elchilari diplomatik missiyasini boshlagani xabar berilgandi

AQShning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zA’ga quyidagilarni aytib o‘tdi:

– Go‘zal yurtingizga o‘tgan hafta keldim. Missiyam davomida O‘zbekiston – AQSh hamkorligining yangi yo‘llarini topish, mamlakatingizdagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash asosiy maqsadimdir. Mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning qator sohalarida salmoqli ishlar bajarilgan. Kelgusida ta'lim, qonunchilikni takomillashtirish sohalarida ham hamkorligimizni izchil davom ettirish niyatidamiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga investitsiya jalb qilish va sayyohlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Biz ham O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritish bo‘yicha katta rejalar belgilaganmiz. Iyun oyida mamlakatingizga AQShning yirik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya kelishi kutilmoqda. Ushbu missiya o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi. O‘zaro foydali bitimlar tuziladi. Shubhasiz, mamlakatingiz iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston – AQSh hamkorligi rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Top