8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

15:40 / 02.06.2019 12793

Samarqanddagi maktablarda soxta hujjatlar bilan 160 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qo‘shrabot tuman xalq ta'limi bo‘limi mansabdor shaxslari tanlov komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazmay, tumandagi MChJlardan birining taklifi ma'qullangani haqida soxta ma'lumotlar tuzgani aniqlandi.

Ular tumandagi 45, 56 va 61-sonli maktablarida haqiqatda bajarilmagan ta'mirlash ishlarini bajarilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, 160 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot tuman xalq ta'limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top