8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:38 / 03.06.2019 6322

Hindistonda bortida 10 dan ko‘proq odam bo‘lgan harbiy samolyot yo‘qolib qoldi

Foto: mamboccv.com

Hindistonning shimolidagi Assam shtatida An-32 harbiy-transport samolyoti bilan aloqa yo‘qoldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar qildi.  

Hindiston harbiy-havo kuchlari samolyoti mahalliy vaqt bilan 12:25da Joxarta shahridan havoga ko‘tarilib, Arunachal-Pradesh shtatiga yo‘nalgan.

Dispetcherlar samolyot ekipaji bilan soat 13:00dan aloqa o‘rnata olishmayapti. Samolyot bortida 13 kishi bo‘lgan.

Ayni vaqtda samolyot va undagi odamlar haqida hech narsa ma'lum emas, Hindiston hukumati hozircha ushbu voqea bo‘yicha izoh bermayapti.

Top