9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:24 / 03.06.2019 9186

Makkajo‘xorida uchrovchi zararkunanda butun dunyo qishloq xo‘jaligiga xavf solmoqda

Foto: Frank Peairs / Wikimedia

Butun dunyo bo‘ylab jadal tarqayotgan zararkunanda hasharotlar fermerlarni kasodga uchratib, ocharchilikka olib kelishi mumkin. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Gap makkajo‘xori bargi tunlami (Spodoptera frugiperda) haqida ketmoqda. Uning qurti Amerikadan Afrika va Osiyoga tarqala boshlagan. Badnafsligi sababli “cho‘ntak mahluqlari” deb atalgan ushbu qurt 186 turdagi o‘simlikni, jumladan, guruch, makkajo‘xori, sabzavotlar, paxta, bug‘doy, soya dukkaklari va shakarqamishni yeb quritadi.

Ta'kidlanishicha, yaqin orada ushbu zararkunanda Yevropa, Avstraliya va Janubi-Sharqiy Osiyoni bosib olishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, hasharot Afrikada tarqala boshlaganidan keyingi 3 yil ichida fermerlar 13 mlrd dollar zarar ko‘rishgan.  

Hasharot bir tunda 100 kmgacha yo‘lni bosib o‘tishi, uning qurti makkajo‘xori hosildorligini 50 foizga pasaytirishi mumkin. Tunlam ilk bor Afrikada 2016 yilda aniqlangan, hozirda u qora qit'aning Sahroi Kabirdan janubdagi barcha davlatlarida uchraydi. 

2018 yil iyulda u Hindiston va Yamanda, 2019 yil yanvarida esa Bangladesh, Myanma, Shri-Lanka, Tailand va Xitoyda aniqlangan.

Shu bilan bir vaqtda hasharot Amerikaning shimoli tomon yo‘nalmoqda. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi prognozlariga ko‘ra, zararkunanda mamlakatning asosiy qishloq xo‘jaligi hududlarini bosib olishi mumkin. 

Shunisi ma'lumki, ushbu hasharot sovuq haroratni ko‘tara olmaydi.

Top