Qaşqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati Mirişkor tumani hokimi Ravşan Komilov fermer dalasidan makkajöxori sötalarini yulib çiqqan boboni nevaralari oldida izza qilgani tasvirlangan video yuzasidan örganiş işlari olib boriş uçun voqea joyida böldi. Qaşqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov voqea yuzasidan Kun.uz’ga ma'lumot berdi.

Voqea joriy yil 29 sentabr kuni tumanning «Guliston» QFY hududida röy bergan. Tuman markazidan nevaralari bilan qaytayotgan fuqaro Sayfulla Muhammadiyevning sözlariga qaraganda, nevaralari makkajöxori dalasidan makkajöxori terib, uyga olib borib, qaynatib berişini söragan. Şu maqsadda «Danagidan mağzi şirin» deganlaridek, Sayfulla aka ham maşinasini yöl çetiga oladi. Makkajöxori egasini izlay boşlaydi (yoşi oltmişga borgan inson 5–10 dona makkajöxori uçun yolğon gapirmasa kerak).

— Nevaralar holi-jonimga qöyişmaganidan keyin «fermer qişloqdoşim bölsa, uni körganimda söta olganimni aytaman», deb fikr qildim, — deydi Sayfulla aka. — Ungaça nevaralarim dalaga kirib, ön donaça makkajöxorini terib çiqişgandi. Şu payt tuman hokimi kelib qoldi. Bir tomondan hokimning «qattiq» gaplari töğri. Xato mendan ötdi. Ammo, asl bölgan voqeani sözlab berişga imkoniyat bermadi. Turli kamsituvçi va obrösizlantiruvçi sözlar bilan «siyladi».

Boboning bu hikoyalaridan söng biz ham taqa-taq töxtadik. Nevaralari quvonçi uçun «öğri» deb laqab olgan bobo haqmi yoki tuman hokimi?

Şu joyda masalaga oydinlik kiritiş maqsadida tuman hokimi Ravşan Komilovga ham yuzlandik.

— Inkor etmayman, — deb söz boşladi tuman hokimi. — Haqiqatdan ham qizişib ketdim. Sababi — «Mirişkor stroy sentr» MÇJ tumandagi ğalladan böşagan yer maydonlariga takroriy ekin sifatida makkajöxori, sabzi va dukkakli mahsulotlar yetiştiriş böyiça fermerlar bilan şartnoma tuzgan. Unga köra, 1 million 500 ming AQŞ dollariga teng mahsulotlar noyabr oyiga qadar Rossiya va Qozoğiston davlatlariga eksport qilinişi rejalaştirilgan. Ammo, hozirgaça 417 ming dollarlik dukkakli mahsulotlar eksport qilindi.

Voqea sodir bölgan joyda «Qurbonov Xolmurod» fermer xöjaligi «Mirişkor stroy sentr» MÇJ bilan şartnoma tuzgaç, MÇJ 100 gektar maydonga 15 ming AQŞ dollar evaziga fermer xöjaligiga Ispaniyadan 1 tonna 800 kg makkajöxori uruğini yetkazib bergan. Ayni paytda fermer xöjaligi yetiştirgan 600 tonna makkajöxori doni çet elga eksport qilinişi möljallanmoqda.