Bugun öz salomatligi uçun qayğuradigan aholi tabiiy va şifobaxş ne’matlardan tayyorlangan mahsulotlarni öz ratsioniga kiritişga qaror qilgan. Çunki mustahkam soğliq va uzoq umr köriş siri şunda ekanligi isbotlandi. “Healing Herbs” MÇJ mijozlar talablarini inobatga olgan holda şunday mahsulotlar işlab çiqişni yölga qöydi.

Örta Osiyoda yagona va yangi ta’m

Oşqovoq hamda makkajöxoridan şarbat tayyorlanişi haqida eşitganmisiz? Adaşmadingiz, aynan makkajöxori va oşqovoqdan şarbat tayyorlanmoqda va u mintaqamizda birinçi bölib Özbekistonda işlab çiqarilmoqda.

Bunday şifobaxş va tabiiy şarbatni Örta Osiyoning boşqa biror davlatida uçratmaysiz. Kattalar va bolalar uçun birday foydali bu mahsulotni xorijga eksport qiliş ham közda tutilgan.

Ham şifo, ham çanqovbosdi içimlik

Oşqovoq va makkajöxoridan tayyorlangan tabiiy şarbat dorivor hisoblanib birinçi navbatda inson immunitetini kötaradi, jigar, buyrak kasalliklari, kamqonlikda, moddalar almaşinuvi buzilganda, semizlikda, qandli diabetda foydali hisoblanadi.

Mutaxassislar makkajöxori organizmdan xolesterinni çiqarib yuboriş xususiyatiga egaligini aytişadi. Şu bois yoğli taomlarni xuş köruvçilar köproq bu şarbatni tanovul qilişlari foydadan xoli emas. Uning tarkibida B, PP, C va yurak faoliyatini yaxşilovçi K vitaminlari, fosfor va kaliy bor. Jöxori temir, kalsiy, fosfor, magniy va boşqa mikroelementlarning manbai sanaladi.

Mazkur şarbatlar 100 foiz tabiiy bölganligi sababli ularni qadoqlaşda şişa idişlardan foydalaniladi. Şifobaxş bu ikki sabzavotdan zamonaviy uskunalar orqali olingan şarbatning inson salomatligida muhimligini anglaş qiyin emas. Ayniqsa uni yangi köriniş va betakror ta’m orqali his qiliş juda yoqimli. Oşqovoq va makkajöxoridan faqat milliy taomlar tayyorlaşga könikkan xalqimiz uçun uşbu tabiiy şarbat haqiqiy yangilik bölişi şubhasiz.

Yangiliklardan bebahra qolmang. Sizning salomatligingiz biz uçun muhim!