9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:35 / 05.06.2019 53470

Toshkentda mashina bolalar ustiga yurib ketdi, bolalarning biri halok bo‘ldi

Toshkentning Yunusobod tumanida ayol kishi boshqargan mashina daraxt yonida o‘tirgan uch nafar bolani bosib ketdi.

Foto: Facebook/Mixail Axperjanyans

Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, fojia 4 iyun kuni sodir bo‘lgan. Bolalarni bosib ketgach, ayol voqea joyidan piyoda ketib qolgan. 12 yashar bola voqea joyida halok bo‘ldi. Bolalarning biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Halok bo‘lgan bolaning qarindoshlari voqea joyidan olingan fotosuratlarni e'lon qilishdi.

Foto: Facebook/Mixail Axperjanyans
Foto: Facebook/Mixail Axperjanyans

Xabar berilishicha, ayol shu kuni IIBga olib ketilgan. Tergov organlari YTH tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Top