9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:00 / 06.06.2019 6543

Namanganda propan gaz balloni portlashi tufayli 3 kishi kuyish jarohati oldi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 5 iyun kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida yashovchi 46 yoshli uy bekasi O.E. uyi yerto‘lasida joylashgan oshxonasiga kirib gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida propan gaz balloniga ulangan shlangdan sizib chiqib xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.E. va uyida mehmonda bo‘lgan qizi, 26 yoshli D.M. hamda uning 2 yashar qizi M.X.lar kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top